Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari “Kombat aykido” xalqaro musobaqasida birinchilikni egalladi

82

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi jamoasi Xalqaro “Kombat” assotsiatsiya tomonidan Samarqand shahrida “Kombat aykido” sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan O‘zbekiston ochiq turnirida birinchilikni egalladi.

Musobaqa to‘rtta — “Nokdaun (B)”, “Full kontakt (A)”, “Kurash” hamda “Professional” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.

“Nokdaun (B)” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin shartnoma asosidagi oddiy askar Isroiljon Mamajonovga nasib etgan bo‘lsa, “Professional” yo‘nalishda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Elyorbek Mirkomilovga bas keladigani topilmadi. Elyorbek faxrli 1-o‘rinni egallab, chempionlik kamari sohibi bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra katta leytenant Rustamjon Bobojonov rahbarlik qilayotgan ShG‘HO sport vzvodi umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib ishtirokchilar munosib kutib olinib, Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida qo‘mondonlik tomonidan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati