Mudofaa vazirligi sport klubida “Sohibqiron avlodlari” sport va bilimlar bellashuvi o‘tkazildi

72

Mudofaa vazirligi sport klubida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Sohibqiron avlodlari” sport va bilimlar musobaqasi o‘tkazildi.  Unda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-, 308-, 112-, sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Bahs va munozaraga boy bo‘lgan sport musobaqasi ishtirokchilarning epchillik va chaqqonlik borasidagi mahoratini sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa, bahsning tarkibiy qismi bo‘lgan bilimlar bellashuvi shartida ular O‘zbekiston tarixi, shu jumladan, sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning qalamiga mansub “Temur tuzuklari” kitobi  haqida qanchalik bilimga ega ekanligini namoyish qilishdi.

Kuchlilarga har doim muzaffarlik nasib qiladi. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblikni 308-sonli umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Tanlov ishtirokchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati