Harbiy okruglarda Ikkinchi jahon urushi faxriylarini tabriklashmoqda

80

Qashqadaryo viloyatida Ikkinchi jahon urushi faxriylariga pul mukofoti, shuningdek, viloyat xokimligi sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Shu kuni faxriylar uchun bayram dasturxoni yozildi, kontsert dasturi namoyish etildi. Qo‘ngillarni ko‘ngillarga, dillarni dilllarga yaqinlashtirgan bu kun tadbir ishtirokchilari uchun unutilmas  voqealarga boy bo‘ldi.

Buxoro viloyatida ham faxriylarga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda. Prezidentimiz nomidan pul mukofotini o‘z egalariga topshirish marosimida bevosita viloyat hokimi ishtirok etdi. Faxriylar bilan bo‘lgan samimiy suhbatda nuroniylar yoshlarga o‘tmish xotiralarini gapirib berishdi, shu asnoda ularni  tinchlik va osoyishtalikning qadriga etishga,  Vatanni avaylab-asrashga, uni munosib himoya qilishga chorladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati