O‘zaro fikr va tajriba almashildi

489
O‘zaro fikr va tajriba almashildi

Mudofaa vazirligida harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha organlari ofitserlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

Yig‘inning asosiy maqsadi harbiy qism va muassasalarning joylardagi harbiy-ma’muriy sektorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shinlarda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlarini tuzish va ularning faoliyatini samarali shakllantirish, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida huquqbuzarlik profilaktikasi yuzasidan o‘tkaziladigan chora-tadbirlarning amaliyligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

O‘zaro fikr va tajriba almashildi

Unda harbiy xizmatchilarning jangovar vaziyatning har qanday sharoitlarida murakkab, uzoq muddatli va shiddatli harakatlarga ma’naviy-ruhiy shayligiga muhim ahamiyat qaratish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, bugungi talablar, harbiy qism va muassasalarda shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holatini yanada yaxshilash, yosh harbiy xizmatchilarning kasbiy malakasiga bo‘lgan e’tiborni oshirish, qo‘shinlarda armiya va xalq o‘rtasidagi yakdillikni yanada mustahkamlash borasida tegishli va zarur ko‘rsatmalar berildi.

O‘zaro fikr va tajriba almashildi

Yig‘in ishtirokchilari Qurolli Kuchlar akademiyasi faoliyati va o‘quv-tarbiyaviy jarayonlari bilan tanishdilar. Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi va Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonasiga sayohat uyushtirishdi. Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatrida bo‘lib, madaniy hordiq chiqardilar.

Sportning futbol, voleybol, gandbol, basketbol va boshqa turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar ularning jismoniy komilligini namoyish etdi.