Harbiylar urush faxriysi Yuliya Kamaeva xonadonida bo‘ldi

70

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Yuliya Kamaeva 1920 yilda tug‘ilgan. Ayni vaqtda 99 yoshni qarshi olayotgan onaxon Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida istiqomat qiladi. Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti boshlig‘i polkovnik Farhod Ortiqov boshchiligidaga bir guruh harbiylar Yuliya Kamaevaga Prezidentimiz nomidan pul mukofotini hamda bilim yurti, Chirchiq harbiy prokuraturasi va shahar mudofaa ishlari bo‘limining qimmatbaho sovg‘alarini topshirishdi.

O‘quvchi-yoshlar ham ishtirok etayotgan  bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida keksalarga hurmat, e’tibor va e’zoz tuyg‘usini shakllantirayotgani bilan qimmatli bo‘lmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati