O‘zbekiston harbiylari Harbiy-memorial qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi

134

26 aprel kuni Moskva shahridagi Xalqaro harbiy markazda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari Kengashi huzuridagi Harbiy-memorial qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  Mazkur yig‘ilishga Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosarining yordamchisi Aleksandr Kirilin raislik qildi.

Qo‘mita ishida Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston,O‘zbekiston hamda MDHga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari Kengashi Kotibiyati vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi boshlig‘i podpolkovnik Oleg Zakirov boshchilik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Harbiy-memorial qo‘mita tashkil etilganiga joriy yilda 10 yil to‘ladi. Ushbu yillar davomida Qo‘mita MDH do‘stona armiyalar o‘rtasida ma’naviy birligi, Hamdo‘stlik davlatlari va xalqlarining umumiy tarixi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va uning qahramonlarini xotirlash, ularga hurmat bajo keltirish yo‘lida muhim vazifalarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunga kelib Qo‘mita Hamdo‘stlik mamlakatlarining xalqlarini, birinchi navbatda, fashizmga qarshi kurashda o‘z hayotlarini himoya qilgan, Ikkinchi jahon urushi faxriylarining qahramonlik xotirasini saqlash va davom ettirishga qaratilgan hamkorlikda amaliy ish olib bormoqda.

Yig‘ilish davomida Qo‘mita a’zolari 1941—1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning taqdirini aniqlash uchun 2017—2018 yillarda amalga oshirilgan qo‘shma qidiruv ishlarining natijalari to‘g‘risida axborot berdilar, o‘zaro ma’lumotlar almashinuvi va axborot bazasidan foydalanish masalalarini muhokama etdilar.

Asosiy e’tibor fashizm ustidan erishilgan g‘alabaga 75 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga qaratildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati