Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida harbiy texnikalar yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

105

Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspektsiyasi tomonidan 1-20 aprel kunlari vazirlik qo‘shinlarida harbiy texnikalarning sozligi tekshirildi.

Xususan, Sharqiy va Markaziy harbiy orkuglari hamda Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda harbiy avtomobillar texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, haydovchilarga tegishli yo‘riqnomalar berildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan yo‘l transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart-iyun oylarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi barcha harbiy texnikalar yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati