XXIII Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari O‘zbekistonda kutib olindi

68

Qatar poytaxti Doxa shahrida joriy yilning 21-24 aprel kunlari engil atletika bo‘yicha XXIII Osiyo chempionati ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 26 aprel kuni tongda Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Mamlakat sha’nini munosib himoya qilgan sportchilar qatorida Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi Ruslan Qurbonov mazkur chempionatda “Uch xatlab sakrash” bo‘yicha 16,93 metr natijani qayd etib,  raqiblari orasida tengsiz ekanini isbotladi. Leytenant Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha 1,90 metr natija bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.         Bosqon uloqtirish bahslarida esa Suhrob Xodjaev 72,85 metr natija bilan 3-o‘ringa loyiq topildi.

Shuningdek, bugun tongda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan marafonda Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari Sitora Hamidova 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi bahslarda harbiy sportchi Marina Xmelevskaya va Tamila Qo‘chqorova 2- va 3-o‘rinlarni band etdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati