“Vatanparvarlar” bog‘ida Ikkinchi jahon urushi davri sahnalashtirildi

112

“Sevimli” telekanali orqali efirga uzatiladigan Farhod Abdullaev bilan “Eslab” ko‘rsatuvining ijodkorlari Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘iga tashrif buyurdi.

Bog‘ hududida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan telekщrsatuvning bayram sonini suratga olish ishlari amalga oshirildi.  Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining 150 nafarga yaqin harbiy xizmatchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari obrazini gavdalantirdi.

Ushbu sahna ko‘rinishi bayram arafasi telekanal orqali efirga ketadigan ko‘rsatuvning asosiy qismi bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari tasvirga olish jarayonlarida Madaniyat vazirligining hududiy bo‘linmalari, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda okrug qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati