Harbiy qism komandirlariga “Neksiya” rusumli avtomobillar berildi

234

Chirchiq garnizoni ofitserlar uyida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligining o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilishda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri nomidan harbiy qism komandirlariga “Neksiya” rusumli xizmat avtomobillarini tantanali tarzda topshirdi.

Unda Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ruhiy holati, jangovar tayyorgarligini yanada oshirish borasidagi chora-tadbirlar va uning natijalari muhokama qilindi. O‘quv yili yakuniga ko‘ra, bir guruh ilg‘or harbiy xizmatchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.