Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi

97

Qurolli Kuchlar xizmatchisi Suhrob Xodjaev Qatar poytaxti Doha shahrida engil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan XXIII Osiyo chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Osiyo chempionatida bosqon uloqtirish bo‘yicha 72,85 metr natija bilan uchinchi o‘rinni egallagan hamyurtimiz O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi hisoblanadi.

Suhrob Xodjaev — engil atletika (bosqon uloqtirish) bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. 2009- hamda 2012-yillarda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon chempionatida kumush va bronza medallari sohibiga aylangan. 2012, 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi. 2015—2018-yillar davomida xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda bir necha bor g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan.

2018-yil Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ham bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati