Harbiy okrug qo‘shinlarida “Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

46

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalari harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida kecha,19 aprel kuni Samarqand shahrida “Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik tanlovining okrug bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad harbiy xizmatchilarning oilalaridagi ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishning samarali mexanizmlarini yaratish, yoshlarni katta hayotga tayyorlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha bir qator vazifalardan iborat.

Mazkur ko‘rik tanlovda bellashish uchun Samarqand, Jizzax, Navoiy va Kattaqo‘rg‘on garnizonidan 9 nafar harbiy xizmatchilar o‘z oilalari bilan ishtirok etdi.

Ular ko‘rik-tanlovda quyidagi 5 ta shart bo‘yicha baxslashdi.

• Mustahkam oila — jamiyat tayanchi;
• Ota — oila ustuni;
• Ona — mohir yaratuvchi;
• Farzandim —dilbandim;
• Tezkor savol-javob.

Qizg‘in bahs-munozaralar asosida ko‘rik-tanlovning yakuniga ko‘ra okrug bosqichida Jizzax garnizonidan tashrif buyurgan katta serjant Isomiddin Sultonovning oilasi g‘olib deb topildi.
Samarqand garnizonidan tashrif buyurgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Elyor Safarovning oilasi 2-o‘rin g‘olibi bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘on garnizonidan tashrif buyurgan serjant G‘ulom Rajapovning oilasi esa faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, mazkur tanlov boshqa harbiy okruglar hamda birlashmalarda bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblar Mudofaa vazirli – yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Final bellashuv 15 may – Xalqaro oila kuni arafasida bo‘lib o‘tadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati