“Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovining g’oliblari aniqlandi

0
1562

Yangi O‘zbekistonda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi 406-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2017-yil 28-dekabrdagi “Uzbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari  va harbiy tuzilmalari, Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari harbiy qism, bo‘linma, muassasalari va Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Markaziy kengashida o‘tgan yili “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili doirasida Toshkent shahrida joylashgan muassasa hamda harbiy qismlardagi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi.

Joriy yilning 4-fevral kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Markaziy kengashida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqining tashkilotchiligida tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi katta leytenant Firdavs Karimov mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Qurolli Kuchlar Akademiyasidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, kapitan Boburmirzo Soliyev ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, katta leytenant Temur Xidirovga  uchinchi o‘rin nasib etdi.

Barcha oliy harbiy ta’lim muassasalarining harbiy xizmatchilari, tegishli tashkilot mas’ul xodimlari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda tashkilotchilar tomonidan sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.

Muxtasar qilib aytganda, yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosatiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarni hayotga keng tatbiq etilishi natijasida yoshlarimizning ta’lim-tarbiya olishi borasida, ularning Vatanimiz taraqqiyotidagi mas’uliyati va o‘rnini oshirishda, fuqarolarimizning hayoti va sog‘lig‘ini asrash, turmush darajasini yaxshilash masalalarida bir qator natijalarga erishish imkonini bermoqda.

Mayor Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi katta o‘qituvchisi.