Jasur komandirning qo‘rqoq askari bo‘lmaydi

982
Jasur komandirning qo‘rqoq askari bo‘lmaydi

Toshkent harbiy okrugi dala-o‘quv maydonlaridan birida Mudofaa vazirligi umumqo‘shin bo‘linmalari vzvod komandirlari ishtirokidagi o‘quv-uslubiy yig‘in bo‘lib o‘tdi.

Mudofa vazirligi - dala o'quv mashqlari

Mudofa vazirligi - dala o'quv mashqlari

O‘quv joylarida taktik-saf mashg‘ulotlarini tashkillashtirish, vzvodning o‘quvga tayyorgarligi ko‘rigini o‘tkazish tartibini, avtomobil, zirhli texnikalar, aloqa vositalari va texnikalarini, shaxsiy himoya vositalari va muhandislik anjomlarini hamda moddiy-texnik vositalarni tayyorlash kabi mavzular bo‘yicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Mudofa vazirligi - dala o'quv mashqlari

Jangda bo‘linmaning g‘alabasi yoki muvaffaqiyatsizligi komandirning qaroriga bog‘liq bo‘ladi, – deydi kapitan Iqbol Sultonov. – Ofitser nafaqat Vatani va xalqiga sodiq posbon, balki harbiy bo‘linmani mohirona boshqarib, murakkab taktik vaziyatlarda tezkor va nostandart qaror qabul qila olishi, o‘zining shaxsiy namunasi bilan qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni vazifani bajarishga yo‘naltirishi va yuksak axloqiy-ruhiy sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Nazariy bilimlarni yanada mustahkamlash, zarur ko‘nikmalar hosil qilish borasida ushbu mashg‘ulotlar besamar ketmasligi, olingan saboqlar kelgusi faoliyatimizda, albatta, asqatishi aniq.

Mudofa vazirligi - dala o'quv mashqlari

Yig‘in mobaynida vzvod komandirlari amaliy-ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda ishtirok etishi bilan birga, mashqlar jarayoniga o‘zlari ham bevosita ishtirok etib, qo‘yilgan jangovar vazifalarni amalda bajardilar.