Harbiy xizmatchilar maktab-internat o‘quvchilarini Ashxobod saylgohiga olib borishdi

50

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Olmazor tumanida joylashgan 100-sonli maktab internatning o‘quvchi yoshlari uchun Ashxobod sayilgohi bo‘ylab ekskursiya tashkil etdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan 60 nafarga yaqin o‘quvchining hordiq chiqarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

– Harbiy akalarimiz biz uchun vaqt ajratib, unutilmas sayr tashkil etganlaridan xursandmiz, – deydi Quvonchbek Javharov

Sayilgohdagi turfa attraktsionlar o‘quvchilar ixtiyorida bo‘lib, ularga yuqori kayfiyat ulashish uchun harbiy xizmatchilar shu kuni ular xizmatida bo‘ldi.

– O‘quvchilarimning xursandchiligini so‘z bilan ifodalash qiyin, – deydi maktab-internatning o‘qituvchisi Sanobar Oltiboeva. – Ular bugungi sayrni ko‘p vaqt eslab yurishlari, shubhasiz.

O‘quvchilarim uchun mana shunday kutilmagan sayohat uyushtirgan tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati