Navro‘z bayramini 48 nafar harbiylar oilasi yangi uyda nishonlaydi

325

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan Qarshi garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga bayram arafasida 48 xonadonga mo‘ljalangan 4 qavatli xizmat uylari kalitlari topshirildi.

“XXI asr” qurilish firmasi tomonidan Navro‘z ayyomi arafasida harbiy xizmatchilarga tayyorlangan ushbu tuhfa shinam, keng va ko‘rkam xonalar zamonaviy jihozlar bilan butlandi. Uy oldida barpo etilgan bolalar maydonchasi kelajak avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tiborni e’tirof etishdi.

Unda Qashqadaryo viloyati xokimi Z. Ro‘ziyev va viloyat xokimligi ma’sul shaxslari, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi ishtirok etdi.