O‘zbekistonda Turkiya va Pokiston harbiylari bilan hamkorlikda qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

74

Joriy yilning 22—27 aprel kunlari O‘zbekistondagi “Forish” tog‘ poligonida Pokiston Islom Respublikasi va Turkiya Respublikalari qurolli kuchlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari 2019 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning barchasi “Forish” poligoni tog‘li hududlarida o‘tkaziladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati