Amir Temur haqidagi eng yaxshi insho

64

Termiz davlat universitetida Janubiy operativ yo‘nalish boshqaruvi guruhining harbiy qism va muassasalari o‘rtasida Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag‘ishlangan insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

“Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzuiga bag‘ishlangan tanlovda uning quyi bosichlarida g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchilar buyuk sohibqiron haqidagi bilimlarini yana bir marta sinovdan o‘tkazdi.

Vatanimiz posbonlarining yozgan insholari Termiz davlat universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘rganilib, ishtirokchilarning bilim va tafakkuriga munosib baho berildi.
Yakunda Termiz tumanidagi harbiy qism serjanti M.Boborajabov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Angor tumanidagi harbiy qismning shartnoma asosida xizmat qilayotgan oddiy askari B.Egamberdievga, uchinchi o‘rin Termiz shahridagi harbiy qism serjanti B.Ergashevga nasib etdi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

UzA