Har kuningiz bo‘lsin Navro‘z!

312

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida “Har kuningiz Navro‘z bo‘lsin aziz Vatandoshlar!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “Milliy taomlar”, “Eng zo‘r oshpaz” , “Eng mazali kabob” kabi ko‘rik tanlovlar, “Sumalak” sayillari, Milliy sport o‘yinlari hamda bayram konsert dasturi namoyish etildi.

Milliy sport o‘yinlaridan milliy kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish kabi o‘yinlar musobaqa tarzida o‘tkazildi.

Bayram saylida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari, Chirchiq shaxridagi 3 va 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari, 15 sonli umumta’lim maktabi raqs to‘garagi faollari, Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya hamda Chirchiq Pedagogika instituti talabalari ijrosida milliy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.

Tadbir so‘nggida ko‘rik tanlov g‘oliblari taqdirlandi.