G‘urur va sadoqat so‘zi – Harbiy qasamyod

292
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Har bir insonning hayotida unutilmas kunlar bo‘ladi. Bu lahzalarni boshqa hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Yurtimizda ko‘pchilik intiladigan muqaddas maskanlar juda ko‘p. Poytaxtimizdagi “Vatanga qasamyod” majmuasi ham yurtdoshlarimiz ko‘nglidan joy olib ulgurdi. Ushbu so‘lim go‘shada, Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning Harbiy qasamyod qabul qilish tantanalari o‘tkazildi. Qo‘llarida guldastalar tutgan ota-onalar va askarlarning yaqinlarini ko‘rib, o‘zingizni katta sayilga kelgandek his qilasiz.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

So‘zga chiqqan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar Harbiy qasamyod qabul qilgan o‘g‘lonlar zimmasidagi mas’uliyat naqadar ulug‘vor va mas’uliyatli ekanini e’tirof etib, ularga Vatan himoyasidek sharafli ish yo‘lida sobitqadamlik tiladilar. O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi Sa’dulla Haqimov she’riy satrlarda ta’kidlaganidek, ona Vatanga qasamyod – er yigitning nomusi, muqaddas burchidir.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Qo‘lda qurol tutgan, yuz-ko‘zlarida qat’iyat, ishonch balqib turgan yigitlar navbat bilan Harbiy qasamyod qabul qildilar. Yaqinlari dilda viqor, g‘urur va faxr bilan kuzatdilar. Bir-birlariga farzandlarini, o‘tgan vaqt davomida ulardagi o‘zgarishlarni gapirib charchamadilar.