Oʻzbekiston harbiylari “Yashil harbiy hudud” aksiyasida qatnashyapti

8

Mamlakat boʻylab bahor faslining boshida oʻtkazilayotgan obodonlashtrish tadbirlari harbiy xizmatchilar orasida ham keng ommalashdi.


Shu kunlarda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yashil harbiy hudud” aksiyasi doirasida harbiy shaharchalar va ularga yaqin hududlarda, harbiy qism va muassasalarda minglab yosh koʻchatlar oʻtqazilyapti, daraxtlar butalanyapti, oqlanyapti, ariq va koʻchalar xazondan tozalanyapti, hududlarga yam-yashil oʻtlar va anvoyi gullar ekilyapti.


Aksiyada Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy boʻlinmalarning harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati