Qamchiqdan Nukusgacha: Mudofaa vazirligi bayram aksiyalarini butun respublika boʻylab oʻtkazmoqda (foto+video)

38

Bundan oldin 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida Toshkent shahrining yirik savdo majmualarida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va harbiy sanʼatkorlar tomonidan bayramona aksiyalar boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nukus shahrida joylashgan saraton kasalliklari shifoxonasida boʻlib, ogʻir dardga chalingan ayollar holidan xabar oldi, ularni bayram bilan qutladilar.

Tadbir davomida bemorlar bilan suhbatlar uyushtirildi, ularning kayfiyatini biroz boʻlsa-da koʻtarish maqsadida sovgʻa-salomlar ulashildi.

Sharqiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari esa Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlari markazlarida ayol-qizlarga gullar tarqatib, ularni bayram bilan muborakbod etdilar. Shuningdek, Samarqand shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari go’zal ayollarni o’zgacha tarzda tabrikladilar.

Taʼkidlash kerakki, bu kabi tadbirlar respublikamizning hamma hududlarida, barcha harbiy okruglarda oʻtkazilmoqda. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Qamchiq dovonidan tortib Nukusgacha boʻlgan hududda ayollarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yangidan-yangi qutlovlarni oʻylab topmoqda.

Eʼtiboringizga, bayram aksiyalaridan kamera obyektiviga muhrlangan sara surat va videolavhalarni havola etamiz.

Video: https://mover.uz/watch/fHN5WTAm/

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati