Andijonda “Harbiy kitobxon” tanlovining gʻoliblari aniqlandi

121

Andijon viloyati Yoshlar markazida “Harbiy kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda jami 13 nafar xizmat burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilar oʻzaro bellashdi.

Tanlov ikki bosqichda — “Oʻzbek adabiyoti bilimdoni” hamda “Jahon adbiyoti bilimdoni” shartlari asosida oʻtkazildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Andijon shahridagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan oddiy askar Ravshanbek Shermonov faxrli 1-oʻringa loyiq deb topildi.

Buloqboshi tumanidagi harbiy qismlardan birida shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjant Maʼmurbek Xolov 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Marhamat tumanidagi chegara postida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan oddiy askar Asrorbek Toyloqov 3-oʻrinni egalladi.

Gʻolib va sovrindorlar Sharqiy harbiy okrugi hamda Andijon viloyat hokimligining diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati