Jizzaxda bogʻcha bolalari oʻrtasida “Men Temur bobom izdoshiman” nomli rasmlar tanlovi boʻlib oʻtdi

425

Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birining ofitserlari hamda muddatli harbiy xizmatchilari Jizzax shahridagi 37-sonli maktabgacha taʼlim muassasasiga tashrif buyurib, u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazdilar.

“Men Temur bobom izdoshiman” nomi ostida oʻtkazilgan tadbirda bolajonlar oʻrtasida rasm chizish, sheʼr va qoʻshiq aytish hamda turli jismoniy mashqlarni bajarish boʻyicha bellashuvlar tashkil etildi. Muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan askar qoʻshiqlari ijro etilib, yigʻilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbir soʻnggida muassasa xodimlari hamda bir guruh bolajonlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati