Harbiy akademik litseylar Mudofaa vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi

272
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 26 sentyabrdagi 3290-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tasarrufidagi harbiy-qurilish yo‘nalishidagi Samarqand akademik litseyi, harbiy texnika yo‘nalishidagi Farg‘ona akademik litseyi va harbiy yuridik yo‘nalishidagi Urganch akademik litseylarini O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Joriy yilning 15 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qo‘shma qaror imzolanib, unga ko‘ra yuqorida ta’kidlab o‘tilgan Ta’lim muassasalari tegishli tarzda Mudofaa vazirligi tasarrufiga topshirish-qabul qilish bo‘yicha ishlar tashkillashtirildi va yakuniga yetdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, mazkur ta’lim muassasalarida o‘quvchilar kontingentini sifatli va maqsadli butlash quyidagilarni o‘z ichiga oladigan bosqichma-bosqich kompleks tanlov amalga oshiriladi:

dastlabki tanlov –mudofaa ishlari bo‘limlarida aprel oyida;

harbiy-kasbiy tanlov – mudofaa ishlari boshqarmalarida 1 maydan 15 iyunga qadar;

test sinovlari o‘tkazish – tegishli Ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatda.

Ta’lim muassasalariga umumiy ta’lim maktablarini joriy yilda 9-sinfini bitirgan, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bo‘lgan, sog‘ligi jihatidan o‘qishga yaroqli deb topilgan, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar o‘qishga qabul qilinadi.

Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalari har yili 1 aprelga qadar qabul qilinadi.

Ta’lim olish muddati 2 yilni tashkil etadi.