Xorij tajribasi o‘rganilmoqda

130
Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shu yilning 10 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida “…Qo‘shinlar istalgan daqiqada o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi kerak. Ular jangovar tayyorgarlikning yangi tizimi bo‘yicha muntazam shug‘ullanib borish, barcha harbiy xizmatchilar haqiqiy professional kadr bo‘lishi uchun o‘z sohasini puxta egallashi shart” deya ta’kidlagan edi.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Albatta harbiy xizmatchilarningprofessionallashuvida yetakchi xorij davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq qilish ishlarini tizimli asosda olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Xorijiy armiya xizmat-jangovar tajribalarini amaliy o‘rganish asnosida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligi va imkoniyatlarini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bu boradagi muhim ishlardan biridir.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Anjumanda so‘zga chiqqanlar Qurolli Kuchlar kuch-qudrati, jangovar shayligi va imkoniyatlarini yanada oshirishda xorij tajribasini o‘rganishning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Bu tizimda shu kungacha qilingan ishlar vaayni vaqtda amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar xususida batafsil fikr yuritishdi. Mudofaa vazirligi qo‘shilma va qismlarida jangovar tayyorgarlik sifatini va samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida gapirishdi.

Ta’kidlash joizki, Mudofaa vazirligida yetakchi xorijiy mamlakat armiyalaridagi ilg‘or tajribalarni tadqiq etish, qo‘shinlar boshqaruvi va jang olib borishning zamonaviy usullarini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida xorij armiya mutaxassislari tomonidan muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazilishi hamda mamlakatimiz harbiy xizmatchilarning chet elda bilim va malaka almashinishi yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, yaqinda mamlakatimiz Mudofaa vazirligi harbiy delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurib, Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlarida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdi. Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi hamda Mudofaa vazirligi rahbariyati, akademiya professor o‘qituvchilari ishtirok etdi. Anjuman videokonferensiya usulida barcha okruglarni qamrab oldi.

Ilmiy-amaliy anjumanning ikkinchi yarmida moderatorlar tomonidan auditoriyalarda mashg‘ulotlar olib borildi.