Toshkentda kampus — harbiy-ilmiy shaharcha barpo etiladi

224

Oʻzbekiston Prezidentining qaroriga muvofiq Toshkentda xalqaro standartlarga mos kampus quriladi. Kampus hududida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti joylashadi deb taʼkidlagan harbiy institut boshligʻi Hakim Muhiddinov “Vatanparvar” gazetasiga bergan intervyusida.

Kampus bu — xalqaro tilda ilmiy shaharcha degani. Bu shaharchada ilmiy-tadqiqot oʻtkazish, nazariyani oʻrganish, tajriba-amaliyot oʻtash hamda yashash uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Mazkur ilmiy shaharchada aloqa sohasiga oid harbiy qism barpo etiladi va harbiy qismga qoʻshinlarda qoʻllanilayotgan barcha turdagi aloqa va axborot kommunikatsiya tenologiyalariga oid texnika va uskunalar joylashtiriladi.

Harbiy qism yangi harbiy institut yonida joylashgani sabab, kursantlar bugungi oʻtgan mavzusini yoki oʻrgangan uskunasini ertasiga amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga ega boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tashkil etilgandi.

Mazkur harbiy institut nafaqat Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, balki 20 dan ortiq taʼlim muassasalari, jumladan, respublikadagi xorijiy hamkor universitetlar, masalan Toshkent Inha va Turin universitetining 3-bosqichini tugatgan, oʻqish yakunlari boʻyicha yuqori natijalarga erishgan, sogʻligining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan talabalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Harbiy institutni tamomlagan kursantlarga “leytenant” harbiy unvoni beriladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati