Mirzo Ulugʻbek tumanida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

184

Mudofaa vazirligi va Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi bilan hamkorligida Mudofaa vazirligining sport klubida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.

Unda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari, tumandagi ishsiz fuqarolar va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Sport klubi majmuasida mashgʻulot oʻtayotgan turli toʻgarak aʼzolari oʻzlarining chiqishlari bilan maktab oʻquvchilarida katta qiziqish uygʻotdi. Maʼlumki, bugungi kunga kelib, sport klubidagi barcha sport toʻgaraklari bepul oʻtkazilmoqda. Bu aholi va yoshlar oʻrtasida sportning ommalashishi va sogʻlom turmush tarzining qaror topishiga zamin yaratyapti.

Mehnat yarmarkasida jami 3 319 ta boʻsh ish oʻrni taklif etildi.

– Aholi bandligini taʼminlash davlat dasturining eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqadigan boʻlsak, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Bugungi mehnat yarmarkasida 200 ga yaqin korxona tashkilotlar oʻzlarining Tadbir ishtirokchilariga 80 ga yoʻllanma berdik, – deydi Sergeli tumani aholi bandlikka koʻmaklashish markazi direktori Xursand Rajabov.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati