Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining 20 yilligi nishonlandi

195

Nukusda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi tashkil etilganining 20 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, yoshlar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida Qurolli Kuchlarimizni modernizatsiya qilish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, harbiylarning bilimi, malakasi va jangovar tayyorgarligini oshirish, harbiy taʼlim sohasiga ilgʻor xorijiy tajribalarni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻtgan yili Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugida 36 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ hisobidan qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilib, zarur inventarlar bilan taʼminlandi. Eng muhimi, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning oila aʼzolari uchun qulay sharoit yaratish ustuvor yoʻnalishlardan biriga aylangan.

Oʻtgan qisqa vaqt ichida harbiy xizmatchilar uchun 66 xonadonli 3 ta koʻp qavatli uyda qurilish ishlari olib borildi. Bu ezgu ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, 120 xonadonga moʻljallangan 4 ta koʻp qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda sana munosabati bilan bir guruh harbiylarga navbatdagi harbiy unvon, koʻkrak nishoni, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugining faxriy yorliqlari topshirildi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov soʻzga chiqdi.

UzA