Rasmiy xabar: Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi

22

Oʻzbekiston Prezidentining farmoniga koʻra, Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov Davlat xavfsizligi xizmati raisi etib tayinlandi.

Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Abdusalom Azizov 2017 yilning sentyabridan buyon mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.

Davlat xavfsizligi xizmatning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev sogʻligi yomonlashgani sabab oʻz lavozimini tark etdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati