Leytenant Nadiya Dusanova Oʻzbekiston hisobiga yana ikkita medalni qoʻshib qoʻydi

48

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi aʼzosi leytenant Nadiya Dusanova oʻz muxlislarini ikkita — oltin va bronza medallari bilan xushnud etdi.

Chexiyada oʻtkazilgan “Hvězdy v Nehvizdech” (“Yulduzlar Nexvizdeda”) xalqaro turnirda joriy yil Oʻzbekistondan yengil atletika turi boʻyicha Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova yuqori natijalarni koʻrsatib, yurtimizga medallar shodasini taqdim etdi. Mazkur xalqaro turnirda dunyoning 10 ta mamlakatidan kelgan 13 nafar sportchi oʻzaro bellashdi.

1-fevral kuni Svetlana Radzivil balandlikka sakrash boʻyicha 183 santimetr koʻrsatgichga erishib, meksikalik Xumena Esquivel hamda Irlandiyadan kelgan Pippa Rogan ismli sportchilar bilan bir qatorda uchinchi oʻrinni egalladi. Aynan shu kuni leytenant Nadiya Dusanova 192 santimetr natija bilan turnirning eng yuqori pogʻonasidan joy egalladi.

6-fevral kuni esa Nadiya Dusanova 190 santimetr balandlikka sakrab ushbu turnirda ikkinchi — bronza medaliga ega chiqdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati