Toshkentda qoʻl jangi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi

120

Bugun, 7-fevral kuni Toshkent shahridagi Universal sport saroyida Huquqni muhofaza qilish organlari qoʻl jangi fedaratsiyasi tomonidan tashkil etilgan qoʻl jangi boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

800 nafardan ortiq sportchilar qatnashayotgan musobaqa 16—17 yoshli oʻgʻil bolalar va qizlar hamda 18 yoshdan katta erkaklar va ayollar oʻrtasida oʻtkazilmoqda.

Musobaqaning final bosqichi Universal sport saroyida 9-fevral kuni oʻtkaziladi.

Mazkur musobaqalarda Mudofaa vazirligining jami 58 nafar sportchisi ishtirok etmoqda.

2018-yilning sentyabrida Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar doʻstona armiyalari oʻrtasida armiya qoʻl jangi chempionati ham aynan shu sport saroyida boʻlib oʻtgan edi. Unda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati