Oliy taʼlim vazirligining qator litsey va kollejlari Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilishi mumkin

161

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qator akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini mavjud shtat birliklarini toʻliq saqlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga berish hamda ular negizida “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Temurbeklar maktablarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun bilimdon, keng dunyoqarashga ega boʻlgan, teran fikrlovchi, intellektual salohiyatli, jismonan baquvvat hamda oʻz xalqi va ona Vataniga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor nomzodlarni tayyorlash;
  • yoshlar orasida oʻzining qatʼiy eʼtiqodi, yot gʻoyalarga nisbatan qarshi tura olishi, mafkuraviy immuniteti mustahkam hamda yuksak intizomga ega, javobgarlik va masʼuliyat tushunchalari yuqori boʻlgan yoshlarni shakllantirish;
  • harbiy xizmatchi uchun zarur boʻlgan boshlangʻich kasbiy bilim va koʻnikmalarga, yuksak vatanparvarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, yetuk va barkamol shaxs sifatida oʻz dunyoqarashlari bilan boshqalarni ergashtira oladigan yoshlarni tarbiyalash;
  • yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosogʻlom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat koʻmagiga muhtoj boʻlgan yoshlarni oʻqitish va tarbiyalash.

Shuningdek, Temurbeklar maktablari bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda test sinovlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballning 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzidagi imtiyoz beriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufiga berilayotgan Oliy va oʻrta maxsus taʼlimvazirligining akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining
ROʻYXATI