Vodiyda harbiy orkestrlarning konsert dasturlari davom etmoqda (foto)

9

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Namangan viloyati Chust shahrida joylashgan aholiga xizmat koʻrsatish markazlarida Gʻurumsaroy garnizoni harbiy qismlari tomonidan konsert dasturlari tashkil etildi.

Kun davomida harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan jahon klassikasi va milliy estrada kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, bu kabi tomoshalar Fargʻona garnizoni qoʻmondonligi tomonidan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida ham oʻtkazilmoqda.

Harbiy orkestr tomonidan ijro etilayotgan milliy estrada va klassik namunadagi kuy-qoʻshiqlar yurtimiz aholisiga oʻzgacha kayfiyat ulashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidentining farmoyishiga binoan 2018-yilning 15-dekabridan joriy yilning 15-yanvariga qadar yurtimizda “Vatanparvarlik oyligi” etib belgilangan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati