“Eng vatanparvar oila” koʻrik tanlovi oʻtkazildi

13

Andijon viloyatida joylashgan harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Eng vatanparvar oila” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning dastlabki bosqichida ishtirokchilar “Oilalarning tanishtiruv chiqishlari” sharti boʻyicha bellashdilar. Unda qatnashchilar oʻz oilasi tarkibi, kasb-kori, oila aʼzolarining sevimli mashgʻuloti, oiladagi anʼana va qadriyatlarini hayotiy misollar asosida qiziqarli tarzda bayon qildi. Tanlov 10 ballik tizimda 3 ta shart boʻyicha baholandi.

“Biz kitobxon oilamiz” shartida esa oila kutubxonasi, ishtirokchilar dunyoqarashining kengligi, mafkuraviy tahdidlar, xususan, “ommaviy madaniyat” tahdidlariga qarshi kurasha oladigan mustaqil fikrga ega boʻlish, shuningdek, farzandlarning turli yutuqlarga erishuvida kitobning ahamiyati yuzasidan tezkor savol-javoblar oʻtkazildi.

Ayollarga bepisand qarash, toʻy-hashamlardagi ortiqcha dabdababozlik, yoshlarni Vatanga boʻlgan muhabbat ruhida tarbiyalashda asosan nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi boʻyicha oʻzaro bellashadilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, leytenant Sodiq Azimovning oilasi gʻolib deb topildi. Tanlov ishtirokchilari Sharqiy harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligi tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati