Harbiy pensionerlar oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi

9

Mudofaa vazirligi Sport klubi stadionida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda faxriylardan tarkib topgan “Sergeli” va “Mudofaa vazirligi” futbol jamoalari gʻoliblik uchun toʻp surdi.

Maydonda huddi navqiron futbolchilardek harakat qilgan faxriylar toʻqnashuvi murosasiz tus oldi. Oʻyin birinchi taymida himoyaviy-hujum taktikasiga asoslangan boʻlsa-da, darvozalar daxlsizligicha qoldi: 0-0. Ikkinchi taymda “Mudofaa vazirgigi” jamoasi hisobni ochdi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay, “Sergeli” faxriylari jamoasi hisobni tenglashtirganiga qaramay, shu daqiqaning oʻzida raqib jamoa yana bir bor darvozabonni dogʻda qoldirishga erishdi: 2-1.

“Sergeli”ning tinimsiz amalga oshirgan kombinatsiyalari oʻz soʻzini aytdi. Ular soʻnggi daqiqalarda gol urishga muvaffaq boʻlishdi. Hisob: 2-2. Qolgan daqiqalar ham teng kurashlar ostida kechdi. Asosiy vaqtda gʻolib aniqlanmagani tufayli hakam penaltilar seriyasiga start berdi.

Penaltilar boʻyicha “Mudofaa vazirigi” jamoasidan “Sergeli” 3-2 hisobida ustun keldi.

Gʻoliblarga kubok, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Taʼkidlash kerakki, Mudofaa vazirligi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida nafaqadagi harbiy xizmatchilar ham alohida eʼtiborga olinmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati