Toshkent garnizoni harbiy komendaturasi yoshlar uchun oʻz eshiklarini ochdi

11

Toshkent garnizoni harbiy komendaturasida Mirobod tumanidagi 153- va 60-sonli umumtaʼlim makablarining oʻquvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Oʻquvchi yoshlar kun davomida harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ular uchun “Jasorat darslari” ham tashkil etilib, harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar, haqiqiy Vatan posponi boʻlish uchun yoshlikdan nimalarga eʼtibor berish lozimligi toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

Shuningdek, maktab oʻquvchilari zamonaviy kompyuterlashtirilgan oʻq otish xonasida amaliy mashgʻulotlarda bevosita ishtirok etib koʻrdilar. Zamonaviy kutubxona va yotoqxonalarni koʻzdan kechirdilar. Tushlik vaqtida esa garnizon oshxonasida bolajonlar uchun askar dasturxoni yozildi.

Taassurotlarga boy oʻtgan ekskursiya yakunida yoshlarning aksariyati kelajakda harbiylik kasbini tanlash va yurtimiz tinchligi yoʻlida xizmat qilish istagi tugʻilganini bildirdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati