O‘zbekistonda ilk bor harbiy teatr tashkil etildi

336
Фото: Мудофаа вазирлиги Матбуот хизмати​

Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida ilk bor harbiy teatr-studiyasi – “Turon” tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi ilk teatr truppasi 1913-yilda Abdulla Avloniy badiiy rahbarligi ostida Toshkentda ochilgan bo‘lib, uning nomi ham “Turon” bo‘lgan.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi qoshida tashkil etilgan mazkur teatr studiyasi nafaqat harbiylar va ularning oilasiga, balki barcha fuqarolar uchun birdek xizmat ko‘rsatadi. 100-120 kishiga madaniy hordiq ulashuvchi “Turon” teatri tarkibidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktyorlar Saida Rametova va Karim Mirxodiyev, taniqli kino va teatr aktyori, rejissyor Sayfiddin Meliyev, Feruza Sobitova, Elmira Rahimjonova kabi o‘zbek xalqining sevimli ijodkorlari joy olgan.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

“Turon” teatri o‘zining ilk premyerasini 8-martdan keyin “Jaloliddin Manguberdi” spektakli orqali ochishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari aynan shu spektakl bilan teatr aktyorlari O‘zbekiston bo‘ylab gastrol safarlarini uyushtiradi. Shu bilan birga, teatr repertuaridan “Bibixonim”, “To‘maris”, “Bir kunlik baxt” singari spektakllar ham o‘rin olgan.

Foto: Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Gastrol safarlari ro‘yxati:

14 – 19-may kunlari  Sharqiy harbiy okrug (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari);

28 maydan – 2 iyungacha — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati);

11 – 16 iyun  Markaziy harbiy okrug (Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlari);

25 iyundan – 20 iyulga qadar —Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi (Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari)da joylashgan Mudofaa vazirligi xarbiy qism va muassasalarida bo‘lib o‘tadi.