O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarlik uslublari bilan tanishdi

374

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarlik jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlarni olib borish usul va uslublari bilan yaqindan tanishishdi, deya xabar berdi mamlakatimiz Mudofaa vazirligiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi matbuot xizmati.

Hamyurtlarimiz Rossiyaning Markaziy harbiy okrugidagi Chelyabinskda joylashgan dala-o‘quv maydonida tankchilar diviziyasi hamda Samara garnizonidagi harbiy bo‘linmalarning amaliy taktik mashg‘ulotlarini kuzatishdi.

Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi u yerda razvedka ishg‘ol tizimini qo‘llagan holda batalon taktik guruhlarining jangovar o‘q otish mashqlari, qo‘shin turlari bilan hamkorlikni tashkil etishda qo‘mondonlik punktlarining ish tartibi, shuningdek, tankchilarning reyd harakatlari va shartli dushman flangiga yorib kirish usullari bilan tanishishdi.