Samarqandda “Mardlik va jasorat” darslari oʻtkazildi

32

Respublikadagi barcha maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari hamda oliy taʼlim dargohlarida “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida “Mardlik va jasorat” darslari boʻlib oʻtmoqda.

Xususan, bu kabi darslar Samarqand shahridagi bir qator maktabgacha taʼlim muassasalarida bolajonlar uchun oʻtkazildi. Unda harbiylarimiz oʻzlarining faoliyati, harbiy xizmatning qiyinchiliklari, shuningdek, yaratilgan sharoitlar, Vatan himoyachisi boʻlib yetishish uchun bolalikdan nimalarga eʼtibor berish kerakligi haqida soʻzlab berildilar. Bolajonlar oʻrtasida turli sport va koʻngilochar oʻyinlar tashkil etildi, tadbirlar yakunida ularga esdalik sovgʻalari ulashildi.

Chirchiq oliy tank qoʻmondon-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchilari va Qurolli Kuchlar faxriylari tomonidan 15-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Mardlik va jasorat” darslari oʻtkazildi.

Tadbir soʻnggida kursantlar va oʻquvchilar oʻrtasida shaxmat va shashka sport oʻyini oʻtkazildi, gʻoliblar bilim yurti qoʻmondonligi tomonidan ragʻbatlantirildi.

Bu kabi tadbirlar Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan respublikaning barcha hududlarida muntazam ravishda oʻtkazilmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati