Toshkent koʻchalari boʻylab harbiy orkestr sadolari yangramoqda (foto+video)

27

Kecha, 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy orkestri va bir guruh kursantlardan tashkil topgan “Harbiy vatanparvarlik karvoni” Toshkent shahrida joylashgan “Chorsu” savdo majmuasi hamda Mirobod tumani dehqon bozorida oʻzgacha konsert dasturini namoyish etdi.

Kun davomida Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan jahon klassikasi va milliy estrada kuy-qoʻshiqlari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Akademiyaning 3-bosqich kursanlaridan tashkil topgan faxriy qorovul guruhi tomonidan qurol bilan bajarilgan koʻrgazmali chiqishlar esa barchaning olqishiga sazovor boʻldi.

Bundan tashqari, poytaxtimiz markazi – “Mustaqillik” va “Amir Temur” xiyobonlari, qator bozorlar hududida Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri ijrosida yangragan navolar poytaxtimiz mezbon va mehmonlari eʼtibor markazida boʻldi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati