Margʻilonlik oʻquvchi-yoshlar “Armiyadagi bir kunim” aksiyasida qatnashdi

28

21-dekabr kuni Fargʻona viloyati Margʻilon shahridagi Mudofaa vazirligining Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻmondonligiga qarashli harbiy qismlardan birida 10 nafar koʻngilli oʻquvchi-yoshlar bir kun davomida xuddi harbiylardek hayot kechirdi.

“Vatanparvarlik” oyligi doirasida tashkil etilgan “Armiyadagi bir kunim” aksiyasi yoshlarda harbiy xizmatga boʻlgan tushunchani shakllantirish, Vatan himoyachisi kasbi mashaqqatlardan iborat ekanini yaqindan tanishtirish maqsadida oʻtkazildi. Shuningdek, maktab oʻquvchilari Vatan tinchligi yoʻlida xizmat qilishning oʻziga yarasha mushkul sinovlarida oʻzlarini sinab koʻrdi.

Xususan, bir kun davom etgan mashgʻulotlarda yoshlar harbiycha hayot bilan tanishib, saf tayyorgarligi, oʻq otish, ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni taʼminlash, qurollarni notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish, jismoniy tayyorgarlik kabi mashqlarda bevosita ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida joriy yildan boshlab birinchi marta oʻtkazilayotgan ushbu tadbirlar yoshlar tomonidan sodir etilayotgan turli huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, maʼnaviyatini boyitish, el-yurt xizmatiga doimo tayyor farzand sifatida tarbiyalashga qaratilgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati