Bugun, 22-dekabr kuni poytaxtimizda bayram tuhfasi boʻladi

31

Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishiga muvofiq joylarda “Vatanparvarlik oyligi” oʻzgacha oʻtmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi, bugun, 22-dekabr kuni Toshkent shahri boʻylab Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan “Harbiy marsh sadolari” nomli konsert dasturlari boʻlib oʻtadi.

Konsert dasturlari qoʻyidagi joylarda oʻtkaziladi:

  • soat 12:00 da Amir Temur hiyoboni, “Chorsu” va “Eko” bozorlarida;
  • soat 14:00 da “Samarqand darvoza” va “MegaPlanet” savdo majmualarida;
  • soat 16:00 da “Malika” savdo majmuasi va “Oloy” bozorida.

Bayram tadbirlarida faol ishtirok etishingizni soʻraymiz.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati