Qoʼmondon harbiylarning oila aʼzolari bilan ochiq muloqot oʼtkazdi

0
779

Markaziy harbiy okrug qoʼshinlari qoʼmondoni polkovnik Oybek Saidov Jizzax harbiy prokurori adliya podpolkovnigi Otabek Haydarov bilan “Xalq bilan ochiq muloqot” aktsiyasi doirasida Jizzax garnizonidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda harbiy pensionerlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash hamda muammolarini ijobiy hal etish maqsadida ular bilan ochiq muloqat oʼtkazishdi.

Tashkil etilgan ochiq muloqotda yigʼilganlarning muammo va murojaatlarini atroflicha oʼrganish maqsadida okrug boshqaruv apparatini yuridik, kadrlar, moliya, tashkiliy safarbarlik kabi boʼlimlari xodimlari ham jalb etildi.

Ochiq va oshkoralik tarzda oʼtkan ushbu suhbat jarayonlarida qoʼmondon har bir oilaning uy-joy masalasi, tibbiy xizmat koʼrsatish, xizmat joyini koʼchirish kabi muaommolarini atroflicha oʼrganib, ularni turmush tarzini yaxshilash uchun kerakli boʼlgan koʼrsatmalarni berib oʼtdi.

Ochiq muloqat davomida harbiy prokuratura va okrug yuridik boʼlimi hodimlari tomonidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarning turmush oʼrtoqlari bandligini taʼminlash, harbiylarning farzandlarini maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirishdagi suniy toʼsiqlar va duch kelinayotgan muammolar atroflicha oʼrganildi.

Ochiq muloqat yakuniga koʼra 114 ta muammo va murojaatlar atroflicha oʼrganilib, shulardan 97 tasi shu joyning oʼzida ijobiy hal etildi. Maʼlum bir vaqt talab etadigan qolgan murojaatlar esa Markaziy harbiy okrug qoʼmondonligining nazorati ostida qonuniy va ijobiy hal qilinishi kelishib olindi.

Markaziy harbiy okrug matbot xizmati