Markaziy harbiy okrugiga yangi texnikalar tantanali ravishda topshirildi

0
923

Samarqand shahrining Ko‘ksaroy maydonida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan butlash, ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq 100 dan ortiq “KAMAZ-4326” rusumli yuk avtomobillari Markaziy harbiy okrugining harbiy qismlariga tantanali tarzda foydalanishga topshirildi.

Ushbu yangi texnikalarni Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 30 yillik shodiyonasi arafasida harbiy qismlarga yangi va ko‘plab harbiy texnikalarning keltirilishi vatan himoyachilari uchun bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Yangi yuk avtomobillarining kalitlarini tantanali topshirish marosimida Samarqand viloyati hokimi, harbiy ma’muriy sektor rahbari Erkinjon Turdimov, Mudofaa vaziri o‘rinbosari polkovnik Alisher Norboyev, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov, faxriylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Haydovchilik lavozimidagi harbiy xizmatchilarga yangi texnikalarni kalitini topshirish jarayonida ularga ishonch bildirilib, ushbu yuk avtomobillarini jangovar shay va soz holatda ushlab turishga vahar qanday jangovar vazifalarni tez va aniq bajarishlariga yuksak ishonch bildirildi.

Shundan so‘ng, tadbirda so‘z olganlar so‘ngi yillrda milliy armiyamiz qudrati yuksalib, harbiy qismlarda qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan butlanib kelayotganini e’tirof etdib, ushbu texnikalar dala, cho‘l va tog‘ sharoitida ham dosh berishini, yurish zaxirasi yuqoriligi va yonilg‘i sarfi borasida tejamkorligi bilan har tomonlama qo‘shinlarimiz uchun mos kelishini takidlashdi.

Shuningdek, mazkur texnikalar aynan Samarqandda KAMAZ rusumli avtoulovlarni yig‘ishga mo‘ljallangan “UzAvto Trailer” MChJning zavodida ishlab chiqarilib, o‘zimizning mahsulot ekanligini e’tirof etishdi. 

Yakunda ajdodlarimizning jasorati haqida hikoya qiluvchi sahna ko‘rinishlari, faxriyl qorovul vzvodining ko‘rgazmali chiqishlari va harbiy orkestr jamoalarining konsert dasturlari namoyish etilib tadbir ishtirokchilarida katta taaccurot qoldirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati