RASMAN: QARSHIDAGI YOʻL-TRANSPORT HODISASI HAQIDA

294

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi kecha, 26-noyabr kuni Shahrisabz – Qarshi avtomobil yoʻlida ogʻir harbiy texnikalardan iborat kolonna va “Lacetti” rusumli avtomobili ishtirokida roʻy bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida halok boʻlganlar va jabrlanganlar oilasiga chuqur hamdardlik bildiradi.

Mazkur koʻngilsiz hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tergov ishlari olib borilmoqda.

Koʻngilsiz holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimiz fuqarolaridan ogʻir harbiy texnikalar harakatlanayotgan vaqtda kolonnaga xalaqit bermaslikni, bunday paytlarda yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishni hamda Yoʻl-patrul xizmati va Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlarining talablarini soʻzsiz bajarishlarini iltimos qilamiz.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati