Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi KVN terma jamoasi Moskvada bellashadi

324

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan “Sharq yulduzi” terma jamoasi Rossiyada boʻlib oʻtadigan “Mudofaa vazirining KVN kubogi” xalqaro festivalida ishtirok etish uchun Moskvaga joʻnab ketadi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur terma jamoa 2017 yilda Moskvada oʻtkazilgan “Hamdoʻstlik KVN” oʻyinlarida 3 oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. Oʻshanda birinchi va ikkinchi oʻrinlar mezbon davlat jamoalariga nasib etgandi.

Joriy yilda esa xalqaro festivalda 7 ta jamoa ishtirok etadi, shuningdek, Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjon hamda Qirgʻizistonning KVN jamoalari ham festivalda bellashish uchun soʻrovnoma yuborgan.

Final bahslari 1 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 2018 yilda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. Oʻzbekiston KVN Oliy ligasining finaliga yoʻllanma olgan. Final shu yilning 25 dekabrida oʻtkaziladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati