Gʼuzorda ochiq eshiklar kuni va uchrashuv oʼtkazildi

0
644

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida Qashqadaryo viloyati Gʼuzor tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida ochiq eshiklar kuni oʼtkazildi.
Tadbir avvalida oʼquvchi yoshlar harbiy qismda mavjud xotira burchagi, kutubxona, madaniyat markazi kabi joylar bilan tanishishdi va ularga zamonaviy qurol-aslaha hamda qoʼl jangi chiqishlari namoyish etildi.


Kunning ikkinchi yarmida harbiy qism targʼibot guruhi vakillari tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabida boʼlishdi.
U yerda oʼquvchi yoshlar bilan harbiy xizmatchilar ishtirokida uchrashuv oʼtkazilib, oʼquvchi yoshlarga oʼquv moddiy bazalar koʼrgazmasi, faxriy qorovul chiqishlari hamda qoʼl jangi usullari taqdim etildi.
Yakunda faol oʼquvchi yoshlarga qism qoʼmondonligining tashakkurnomasi topshirildi.
Bu kabi tadbirlar Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qismda ham oʼtkazildi.

Mudofaa vazirligi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti