Konstitutsiya — bosh qomusimiz

0
1368

Mudofaa vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bagʻishlab barcha harbiy okrug, markazga boʻysunuvchi harbiy qism va muassasalar bilan onlayn aloqa oʻrnatilgan holda “Konstitutsiya – bosh qomusimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy hizmatchilar, oʻquvchi-yoshlar va davlat, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan mudofaa vaziri Konstitutsiyamizning mamlakat hayotida tutgan muhim oʻrni, inson taqdiridagi ahamiyati haqida batafsil toʻxtaldi. Shuningdek, oʻtgan yillar davomida mudofaa sohasida amalga oshirilgan islohotlarni eʼtirof etdi.

Tantanali tadbirda mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga binoan bir guruh Qurolli Kuchlar xizmatchilari va harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli va taniqli xonandalar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar kechaga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

Mayor Gulnora HOJIMURODOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti