“Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovi yakunlandi

0
1043

Samarqand shahridagi Qurolli Kuchlar kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida “Eng ilgʻor tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” koʻrik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unga koʻra tanlovda mutaxassis ofitserlar:
• “Eng ilgʻor vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari”;
• “Eng ilgʻor batalyon komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari”;
• “Eng ilgʻor harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari” kabi turlarda bellashadilar.
Ishtirokchlarning bilim va ko‘nikmalari jismoniy tayyorgarlik sinovlarida 100 metr va 3 kilometr masofaga vaqt kesimida yugurish hamda turnikda tortilish nazorat sinovlarida tekshirildi.

Shuningdek, tanlov davomida ishtirokchilarning texnik, taktik, kasbiy hamda otish tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi. Ushbu sinovlar soha vakillari oʻrtasida qizgʻin va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘kazildi. Barcha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan ofitserlarimiz nomlari hozircha yashirin.
Ular 12-dekabr – tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlarining kasb bayrami kunida taqdirlanadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti